Ayni kunlarda Samarqand davlat universitetining Kattaqo’rg’on filiali professor-o’qituvchilari Turkiyaning Koniya shahrida joylashgan Seljuq universitetida tajriba orttirishmoqda.

Filial oʻqituvchilari Saljuq universiteti Adabiyot (Ijtimoiy-gumanitar yo’nalishlar) fakulteti dekani Professor Dr Ali Temizel bilan boʻlgan uchrashuv davomida kafedralar hamda ilmiy tadqiqot markazlari bilan tanishtirildi. Har bir o’qituvchiga Seljuq universiteti professorlari tajriba almashish uchun biriktirilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan