«Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»
Payshanba – «Yoshlar kuni» munosabati bilan Kattaqo’rg’on 02855 harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan muloqot o‘tkazildi. Unda shahar Yoshlar ishlari bo’limi bosh mutaxassisi R.Uchqunov, harbiy qism tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo’yicha bo’lim boshlig’i B.Axmedov ishtirok etdi.
Suhbat davomida hududlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimlarini topish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Har bir hududdagi yoshlar bilan ishlashda natija, tashabbus va mas’uliyat asosiy mezon bo‘lishi kerak.









