Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Payshanba – «Yoshlar kuni» munosabati bilan Kattaqo’rg’on 02855 harbiy qismda «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda shahar Yoshlar ishlari bo’limi boshlig’i B.Kuziyev, harbiy qism tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo’yicha oʻrinbosari podpolkovnik T.Tilovov ishtirok etdi.
Suhbat davomida hududlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimlarini topish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Har bir hududdagi yoshlar bilan ishlashda natija, tashabbus va mas’uliyat asosiy mezon bo‘lishi kerak.









