“Dolzarb 40 kunlik”: Dashtbozor qabristonida keng ko‘lamli hashar o‘tkazildi
Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida shahrimizda ham keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalik tadbirlari izchil davom etmoqda. Xususan, bugun erta tongdan “Dashtbozor” qabristonida katta umumxalq hashari tashkil etildi.
Ushbu xayrli va savobli tadbirda mahalla yettiligi vakillari, korxona va tashkilot, nuroniylar, mahalla faollari hamda shijoatli yoshlar faol ishtirok etdilar. Hashar davomida qabriston hududi va uning atrofi ortiqcha o‘t-o‘lanlardan tozalandi, daraxtlarga shakl berilib, yig‘ilgan chiqindilar olib chiqildi.
Bu kabi xayriya tadbirlari nafaqat hududlarning ozodaligini taʼminlaydi, balki xalqimiz orasida mehr-oqibat, ahillik va hamjihatlik tuyg‘ularini yana-da mustahkamlaydi.
“Dolzarb 40 kunlik” doirasidagi bu kabi ezgu ishlar jonajon shahrimiz va yurtimiz obodligiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.









