Bugun shahrimizda gul ekish kuni munosabati bilan mahallalar, turli tashkilotlar va muassasalarda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu xayrli ishda ta’lim muassasalari ham juda faol ishtirok etdilar.

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi, texnikumlarda soha xodimlari tomonidan turli gul ko‘chatlari o‘tqazildi.
Jumladan, 5 maktabgacha ta’lim tashkiloti, 15 va 16 umumta’lim maktablari, pedagogika texnikumida amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlarida 500 ga yaqin gul ko‘chatlari ekildi.
-Albatta, bugun ekilgan gullarni keyingi parvarishida ham e’tiborli bo‘lshimiz kerak, -deydi ustozlar. Zero, har bir ekilgan gulga o‘z vaqtida qaralsa, sug‘orish ishlarini amalga oshirilsagina ular yanada gullab-yashnaydi va uzoq vaqt o‘z chiroyini yo‘qotmaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan