Kattaqo‘rg‘onda “Mustaqillik to‘yi” tadbiri

«Navbahor» mahallasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” festivali ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Tadbirda mahalla nuroniylari, shahar deputatlari, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbarlari, faol yoshlar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

​Tadbir davomida mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, xalqimizning farovon hayoti, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularni yurtimiz ravnaqi va kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan