FIDOYI USTOZLAR EʼTIROFI VA PORLOQ KELAJAK MASʼULIYATI
Kattaqo‘rg‘on shahrida “Sifatli taʼlim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida anʼanaviy beshinchi «Ustozlar Milliy forumi” yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova so‘zga chiqib, mamlakatimizda taʼlim sohasini isloh qilish, yosh avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarga to‘xtaldi.
Shuningdek, bu borada kelajak bunyodkorlarini tarbiyalayotgan fidoyi va zahmatkash o‘qituvchi-murabbiylarning zahmatini alohida eʼtirof etdi.
Forum davomida shahar taʼlim tizimida amalga oshirilgan ishlarga atroflicha nazar tashlanib, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Taʼlim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Tadbir yakunida yoshlarning munosib taʼlim-tarbiya olishi yo‘lida alohida namuna ko‘rsatgan fidoyi ustozlar shahar hokimligining Faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.









