Qurilish obyektlarida ishlar jadalligi va sifati nazoratda
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan tegishli mas’ullar hamrohligida Prezidentimizning 27.12.2025 yildagi PQ-392 va PQ-393-sonli qarorlariga asosan, Kattaqo‘rg‘on shahrida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Xususan, 17-sonli maktabda qo‘shimcha 990 o‘rinli qurilish obyekti, shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limida va Oilaviy poliklinikada barpo etilayotgan binolarda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida qurilish ishlari sifati, obyektlarning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi, qurilish materiallarining talab darajasida ekani hamda xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, mutasaddilar tomonidan qurilish jarayonlarini doimiy nazorat qilib borish, ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.









