SOG‘LOM VA BARKAMOL YOSHLAR – KELAJAGIMIZ POYDEVORI – GRANT LOYIHASI ASOSIDA

SALOMATLIKNING 3 BOSQICHLI MODELI

Qadimdan inson organizmi tuzilishini uch bosqichli piramidaga o‘xshati shgan, ya’ni: birinchisi-tana, ruhiyat (psixika) va ma’naviy, aqliy holatlardan iborat. Jasad deyilganda uning bir butunligi, turg‘unligi va boshqarilishi jarayonlarining imkoniyatli ekanligi, chidamlilik, yangilanish, qayta ti klanish va boshqalar. Ikkinchisi – ruhiyat. Bu o‘z ichiga eslash qobiliyati va uning o‘ziga xosligi, boshqa ruhiy holatlaremotsional, intellektual xususiyatlarni oladi. Uchinchisi-axloqiy, ma’naviy holat, ya’ni aql-idrok, hissiyotlilik darajasi – «Odam» hisoblanadi.

Har bir inson organizmidagi o‘z ichki imkoniyatini (potensialini) mustahkamlashga intilishi kerak. Salomatlik deganda nimani anglamoqlik – tushunmoqlik lozim? Salomatlik so‘zi – bu keng qamrovli, ko‘p qirrali bo‘lib, o‘z ichiga inson va uning organizmiga tegishli bo‘lgan ruhiy va jismoniy holatlarni, o‘zaro bog‘liq va bir butun bo‘lgan juda ko‘p masalalarni oladi. Salomatlik – nafaqat har bir insonning, balki butun jamiyatning bebaho boyligidir. Biz o‘zimizga yaqin va qadrli kishilarimiz bilan uchrashganimizda ham, xayrlashayotganimizda ham o‘zaro bir-birimizga mustahkam salomatlik tilaymiz. Chunki salomatlik inson uchun bebaho. Shu bois inson o‘z salomatligi tufayli oldiga qo‘ygan hayotiy maqsad va rejalarini amalga oshiradi va kerak bo‘lsa har qanday qiyinchiliklarni yengadi. Aqlidrok bilan o‘z salomatligiga erishgan va uni mustahkam saqlagan odamgina o‘zining faol xati -harakati , hayoti va uzoq umr ko‘rishiga asos solgan bo‘ladi. Har bir shaxs — inson uchun eng birinchi mezon «sog‘liq» bo‘lishi, so‘ngra odam o‘z imkoniyati ga qarab oldiga qo‘ygan ichki va tashqi masalalarni to‘g‘ri tahlil qilgan hamda ularni bajarish mumkin ekanligini aniqlagan holda shaxsiy dasturiga ega bo‘lmog‘i lozim. Ko‘pchilik davlatlarda, hatto birinchi galda Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ning sog‘liqning ahamiyati ga e’tibor berib sotsial-iqti sodiy mezon sifati da qarashligi ham katta ahamiyatga ega. Ammo, ayrim davlatlarda sog‘liqni saqlash uchun ajratiladigan mablag‘lar asosan klinik meditsina va profilaktik meditsinaga sarfl anishi ko‘zda tutilgan, vaholanki aslida sog‘lom odamlarning sog‘lig‘ini saqlash va uni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Afsuski, ba’zi bir kimsalar oddiy – ilmiy asoslangan «sog‘lom turmush tarzi»ga amal qilmaydilar, uning chuqur mazmuniga ahamiyat bermaydilar. Natijada kamharakatlilik tuzog‘iga ilinadilar, tez qariydilar, boshqalar ortiqcha ovqatlanish hisobiga semirib ketadilar, qon-tomirlar skleroziga uchraydilar, ayrimlar diabet kasaliga mubtalo bo‘ladilar, dam olish nimaligini tushunmaydilar, hayotiy va ishlab chiqarishlardagi me’yorlarni unutadilar, doimo ortiqcha xati – harakatlar bilan yashaydilar, nevroz kasalligiga uchraydilar. Oqibatda bularning barchasi turli xil salbiy oqibatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, inson salomatligi uning o‘z qo‘lida. Har bir inson o‘z turmush tarzidan kelib chiqib, belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishi, o‘zi uchun sog‘lom turmush tarzini yaratishi maqsadga muvofiq.

Ja’far NUR.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan