Mehr va e’tibor chegara bilmaydi
Shahar hokimi o‘rinbosarlari Sh.Kuchkarova, J.G‘aniev hamda «Nuroniy» jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi T.Hamidovlar tomonidan 1 iyun kuni ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mas’ullar 7-sonli tergov hibsxonasida bo‘lib u yerda saqlanayotgan voyaga yetmagan yoshlarning holidan xabar olishdi.
Tashrif davomida voyaga yetmagan yoshlar bilan samimiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan suhbat uyushtirildi. Ularning ko‘nglini ko‘tarish, ruhiy dalda berish hamda kelajakda to‘g‘ri yo‘lni topib, jamiyatning munosib a’zolari bo‘lib yetishishlari uchun bilim olishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Tadbir yakunida bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni foydali mashg‘ulotga yo‘naltirish maqsadida ularga qiziqarli badiiy, ma’rifiy va motivatsion kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.
Maqsadimiz — xato qilgan bo‘lsa-da, har bir bolaning qalbiga yo‘l topish, ularga mehr ulashish va yangi hayot sari ruhlantirishdir.











