“Kitobxonlik” festivali
Ishtixonda viloyat “Kitobxonlik» festivali bo‘lib o‘tdi. Tuman markazidagi Ustozlar xiyobonida o‘tkazilgan festival yuzlab kitobsevarlar, ijodkorlar va zakovat ixlosmandlarini bir maydonga jamladi.
Festival doirasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish, aholi, ayniqsa yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazildi.
Mutolaa va zakovat tantanasiga aylangan “Kitobxonlik festivali” da shahar hokimi Gavhar Alimova, kattaqo‘rg‘onlik kitobsevarlar, teatr va madaniyat vakillari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etishdi. Turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va qiziqarli loyihalar festivalga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.










