Noqonuniy qurilma majburiy tartibda buzildi

Kattaqo‘rg‘on shahrida qonunuylikni ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishi yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining ijro hujjati asosida navbatdagi ijro harakati amalga oshirildi.

Sud qaroriga ko‘ra, qarzdor fuqaro A.Q. tomonidan noqonuniy qurilgan 80 metrlik poydevorni buzish hamda yer maydonini avvalgi holatiga keltirish belgilangan edi.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari tomonidan tegishli tashkilotlar va mas’ullar ishtirokida joyiga chiqqan holda ijro harakatlari olib borildi. Natijada sud qarori talablariga muvofiq noqonuniy qurilma majburiy tartibda buzilib, ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablar bajarildi.

Ta’kidlash joizki, sud qarorlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi chora-tadbirlar yer munosabatlari sohasida qonunbuzilishlarning oldini olish, noqonuniy qurilishlarga qarshi kurashish va shahar hududida tartib-intizomni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan