Oy: Fevral 2025

Kredit shartnomasining va majburiyatlari, kafillik shartnomalari haqida bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga binoan, Kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi. Qonunchilikka muvofiq kredit tashkilotlari bo‘lmagan tijorat tashkilotlarining kreditlashni amalga oshirishiga yo‘l qo‘yilgan hollarda kredit shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari amalga oshiradigan kreditlash munosabatlariga nisbatan qo‘llanadi.Kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart. Yozma shaklga rioya qilmaslik kredit shartnomasining haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.Xususan, Majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab kolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkinligi, garov bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi hisoblanadi. U majburiyatlar ijrosini ta’minlash vositalaridan biridir. Uning ijro mexanizmi esa, qarzdor majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda unga biror-bir narsani qarz sifatida bergan shaxsga bun- dan eng kam miqdorda moddiy ziyon ko‘rish va hatto, ba’zan foyda ko‘rish imkonini ham berganligi, O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi garov munosabatlari Fuqarolik kodeksining 264-289-moddalari, «Garov to‘g‘risida»gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi, «Garov to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, haqikiy bo‘lgan har qanday majburiyatning zayom bank krediti, ijara, oldi-sotdi, yuklarni tashish va huquqning har qanday subyektlari o‘rtasidagi boshqa majburiyatlarning bajarilishi garov bilan ta’minlanishi mumkinligi, garov mulklariga ko‘chmas mulklar (uy-joylar, savdo do‘konlari, bino-inshootlar va hokazo) va ko‘char mulklar (avtotransport vositalari, uskunalar va hokazo) kirishligi, garov huquqi garov to‘g‘risida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud, basharti shartnoma notarial tasdiqlanishi shart bo‘lsa, notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lganda esa, u ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga kelishi qonun hujjatlarida ko‘rsatilib o‘tilgan.O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 292-moddasiga ko‘ra, Kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oladi. Kafillik shartnomasi kelgusida vujudga keladigan majburiyatni ta’minlash uchun ham tuzilishi mumkin. Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Yozma shaklga rioya qilmaslik kafillik shartnomasining haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi deb ko‘rsatilgan.Qarzdor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar, basharti qonunda yoki kafillik shartnomasida kafilning subsidiar javobgar bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lmasa. Basharti, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar to‘laydi, qarzni undirib olish bo‘yicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditor ko‘pgan boshqa zararlarni to‘laydi. Agar kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, birgalashib kafil bo‘lgan shaxslar kreditor oldida solidar javob beradilar.F.ANAROV,Samarqand viloyat sudi sudyasi.Sh.GULOMOV,FIB Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudi sudyasi.

ЁШЛАР ГУЛХАН АТРОФИДА

⚡️Ёшлар маънавиятини юксалтириш, бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш мақсадида “Гулхан атрофидаги ёшлар” лойиҳаси доирасида турли маданий тадбирлар ўтказилмоқда.Шу жумладан, шаҳар ҳокимлиги ҳамда Ёшлар ишлари бўлими ҳамкорлигида ташкил қилинган ана шундай…