Avtomobillarga suyultirilgan gaz va yonilgʻi quyish shoxobchalarida profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda

Kattaqoʻrgʻon shahar FVB xodimlari tomonidan shahrimizda faoliyat koʻrsatayotgan avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Tadbirlar davomida shoxobchalar masʼullari va xodimlariga yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etish, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalarining soz holatda saqlanishi hamda ulardan toʻgʻri foydalanish yuzasidan tavsiyalar berilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan