SOG‘LOM VA BARKAMOL YOSHLAR – KELAJAGIMIZ POYDEVORI – GRANT LOYIHASI ASOSIDA

SOG‘LOM AVLOD

Jamiyat a’zolarining qanchalik sog‘lom va barkamol bo‘lishi uning taraqqiyoti da muhim rol o‘ynaydi. Shunga ko‘ra mamlakati mizda inson salomatligi va uni asrash dolzarb masala hisoblanadi. Shu boisdan ham ushbu masalaga alohida e’ti bor qarati lgan. Biz bu borada shahrimizda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida shahar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri Mo‘tabar Ishmurodova bilan suhbatda bo‘ldik.

Aytingchi, bugun shahrimizda aholi salomatligini asrash, malakali tibbiy xizmatni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar qanday ketmoqda? -Avvalo, shuni aytish joizki, keyingi yillarda Kattaqo‘rg‘on shahar itbbiyot birlashmasida kerakli sharoitlar yaratildi. Barcha bo‘limlarda investitsiya dasturi asosida qurilish, rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, ixtisoslashtirilgan bo‘limlar faoliyatiyo‘lga qo‘yildi. Muassasada ilg‘or davolash usullari joriy etilmoqda. Jumladan, Laparaskopiya jarroxlik amaliyotivositasida ko’plab jarroxlik amaliyotlari bajarildi. Travmatologiya bo‘limida chanoq son bug‘imlarini endoprotezlash, bloklovchi intermedulyar osteosintez amaliyotlari bajarilmoqda. Travmatologiya sohasini rivojlantirish maqsadida 1 mlrd. 300 mln. so’m mablag‘ evaziga “Artraskop” apparati olib kelindi. Endilikda bu apparatda bug‘imlarda maloinvaziv operatsiyalar jumladan, bug‘imlarda menisk ektomiya, bog‘lamlarni tiklash amaliyotlari amalga oshirilmoqda. Tug‘ruq bo‘limida 7 nafar bemor xotinqizlar o‘rtasida turli xil ginekologik kasalliklar bo‘yicha murakkab jarroxlik amaliyotlari o‘tkazildi. Shu bilan birga, shahar tibbiyot birlashmasi tarkibida tumanlararo 8 o‘rinli “Gemodializ” bo‘limi o‘z faoliyatini olib bormoqda. Tibbiyot birlashmasining katta yutuqlaridan biri tumanlararo zamon talablariga to‘la javob beradigan, malakali kadrlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy “Qo‘shma shikastlanishlar va yurak qontomir kasalliklari markazi” tashkil etilib, aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Bu orqali shoshilinch holatdagi bemorlarga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilib, og‘ir ahvoldagi bemorlarning hayoti saqlab qolinishiga erishilmoqda. – Ma’lumki, kasalliklarni erta aniqlash ularni davolashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarga to‘xtalsangiz. – Kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lomlashtirish maqsadida 2024- yilda 40 yoshdan oshgan aholining 5026 nafari skrening ko‘rigidan o‘tkazildi. Yurak qontomir kasalliklari bo‘yicha aniqlangan barcha bemorlar “D” nazoratiga olinib sog‘lomlashtirish ishlari olib borildi. Shuningdek, 3-18 yosh bolalarning 12512 nafari onkogematologik, 2-10 yosh bolalarning 6924 nafari gelmentozni aniqlash, 35-55 yosh ayollarning 8600 nafari bachadon bo‘yni saratoni, 45-65 yosh ayollarning 4418 nafari ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha skrening tekshiruvlardan o‘tkazildi. Ona va bola salomatligini asrash borasida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Tug‘ruq bo‘limi negizida tumanlararo perinatal markazi tashkil etilgan bo‘lib, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom avlodni dunyoga keltirish, onalar va bolalar o‘limini oldini olish maqsadida zarur barcha turdagi zamonaviy tibbiy jihozlar hamda malakali kadrlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, Prezidentimizning aholi salomatligini asrash, tibbiyotni rivojlantirish borasida soha xodimlari oldiga qo‘ygan vazifalardan kelib chiqib, 2025-yil davomida shahar tibbiyot birlashmasi sohasida tizimli ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. -Samimiy suhbatingiz uchun katta rahmat. Albatta, siz va siz orqali barcha tibbiyot xodimlarining aholi salomatligini asrash borasidagi kelgusidagi ishlaringizga muvaff aqiyatlar tilaymiz.

 Suhbatdosh H. ERGASHEVA.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan