NAVBATDAGI TINGLOVCHILARGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

Mustahkam oila — jamiyat tayanchi. Shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda masʼul tashkilotlar hamkorligida Vazirlar Mahkamasining 820-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, nikohlanuvchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha tizimli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.

Darslar davomida soha mutaxassislari, psixologlar va shifokorlar tomonidan yosh kelin-kuyovlarga:
-Oilaviy munosabatlarning psixologik asoslari va nizolarning oldini olish;
-Ro‘zg‘or tutish, oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlash;
-Sog‘lom turmush tarzi va reproduktiv salomatlik qoidalari bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.

Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova ishtirokida ushbu o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 10 ga yaqin yoshlarga oilaviy hayot ostonasida ilk qadam sifatida maxsus sertifikatlar topshirildi.

Bu kabi o‘quvlar yosh oilalarning ajralib ketishini oldini olish va mahallalarda sog‘lom muhitni qaror toptirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan