«XAVFSIZ VA HURMATGA ASOSLANGAN IŞ MUHITI» AXBOROT PORTALINI YURITIŞ BÖYIÇA SEMINAR-TRENINGLAR ÖTKAZILMOQDA
Kattaqörğon şahar 2-son Texnikum binosida Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-345-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 518-son qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida Kattaqörğon şahridagi korxona-taşkilotlar mas’ul xodimlari uçun «Xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhiti» axborot portalini yuritiş böyiça amaliy seminar-trening taşkil etilmoqda.
Seminar-trening davomida platformaga mas’ul etib belgilangan xodimlarga axborot portalining funksional imkoniyatlari, unga ma’lumotlarni kiritiş hamda tizimni samarali yuritiş tartibi atroflicha tuşuntirilmoqda. Şuningdek, portal bilan işlaş jarayonida yuzaga kelişi mumkin bölgan masalalar yuzasidan amaliy körsatmalar berilmoqda.
Şuningdek, mehnat jamoalarida soğlom ma’naviy-ruhiy muhitni şakllantiriş, xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlarini hurmat qiliş, özaro işonç, tenglik va hurmat tamoyillariga asoslangan mehnat munosabatlarini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Amaliy maşğulotlar davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, portal bilan işlaş böyiça zarur amaliy könikmalarini oşirdilar.









