YОSHLAR BILAN UCHRASHUV: MUAMMOLARGA YECHIM VA YANGI IMKONIYATLAR

Yoshlarning muammolariga amaliy yechim topish maqsadda Kattaqo‘rg‘on shahrida yoshlar va rahbarlarining ochiq muloqoti tashkil etildi.

🇺🇿Uchrashuv avvalida shahar hokimi Gavhar Alimova so‘zga chiqib, hududda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarga to‘xtaldi hamda yigit-qizlarni vaqtdan unumli foydalanib, ilm va kasb-hunar egallashga, islohotlarda faol bo‘lishga chaqirdi.

Shundan so‘ng, jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli muloqotga ko‘chib, 20 dan ortiq yoshlarning ishga joylashish, kredit olish, davolanish va uy-joy taʼmiri kabi masalalardagi murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarni o‘rganish davomida muammolarning 10 tasi shu joyning o‘zida hal etildi, 5 nafariga huquqiy tushuntirish berilib, qolganlari ijro uchun nazoratga olindi.

Muloqot davomida yoshlar nafaqat muammolar, balki yoz mavsumida mahallalarda sport va maʼrifiy tadbirlarni ko‘paytirish bo‘yicha o‘z takliflarini ham ilgari surdilar. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan