MILLIY QADRIYATLAR — BEBAHO XAZINA

Kattaqörğon şahar Oila va xotin-qizlar bölimi taşabbusi bilan Kattaqörğon davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida talaba-qizlar iştirokida «Milliy qadriyatlar — bebaho xazina» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.

Milliy ruhda bezatilgan turar joy binosidagi mazkur tadbirdan közlangan maqsad bölajak pedagog qizlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularning qalbida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimiz va milliy liboslarimizga bölgan mehr-muhabbat hamda hurmat tuyğularini yanada mustahkamlaşdan iborat böldi.

Tadbir davomida talaba-qizlar oilaviy qadriyatlar, milliy an’analar va yoşlar tarbiyasi xususida fikr-mulohazalar bildirdilar. Şuningdek, xalq oğzaki ijodi namunalari, milliy urf-odatlar va an’analarimizga oid çiqişlari orqali öz iqtidor va mahoratlarini namoyiş etdilar. Talaba-qizlarning ota-onalari bilan onlayn muloqotlari ham taşkil etilib, oila va ta’lim muassasasi örtasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Şahar hokimi G. Alimova ham tadbirda iştirok etib, talaba-qizlar bilan samimiy suhbatlaşdi, ularning çiqişlarini kuzatdi va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş, ularni yoş avlod ongiga singdirişning ahamiyatiga töxtaldi.

Tadbir yakunida şahar hokimi talabalar turar joyida bölib, yaratilgan şart-şaroitlar, yaşaş xonalari, maişiy xizmat körsatiş va talabalarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari uçun taşkil etilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanişdi. Şuningdek, talabalar bilan suhbatlaşib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoşlarni milliy özlikni anglaş, milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan