MAHALLALARDA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI

Prezidentimizning yaqinda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlariga asosan, Eng ulug‘, eng aziz bayramimizni munosib kutib olish maqsadida yurtimizda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” boshlandi.

Shu munosabat bilan, shahrimizda ham keng qamrovli obodonlashtirish ishlari boshlandi. Jumladan, bugun, erta tongdan “Go‘zalkent” mahallasida biriktirilgan mas’ullar va mahalla «yettiligi» hamkorligida maxsus texnikalar jalb qilinib, ko‘chalarda tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Jarayonda aholi xonadonlarida bo‘lib, fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Mahallada o‘z uyini gulzorga aylantirgan namunali oilalar tajribasini mahalladagi barcha xonadonlarda ommalashtirish bo‘yicha kelishib olindi. Oylik davomida mahalladagi bog‘cha, maktab va kasb-hunar maktabi atrofini ham tartibga solish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan