KATTAQÖRĞONDA TIBBIYOT XODIMLARI KUNI NIŞONLANDI

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Kattaqörğon şahrida bayram tadbiri ötkazildi. Unda şahar hokimi G. Alimova, viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği S. Zayniyev, tibbiyot xodimlari, soha faxriylari iştirok etdi.

Sözga çiqqanlar yurtimizda soğliqni saqlaş sohasiga berilayotgan e’tibor, aholi salomatligini asraş yölidagi islohotlar haqida söz yuritdilar va bunda soha xodimlarining xizmatlari beqiyos ekanligini ta’kidladilar.

Tadbir davomida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan ötkazilgan «Eng yaxşi tibbiyot muassasasi» tanlovida eng köp ovoz töplab ğoliblikni qölga kiritgan şahar markaziy şifoxonasiga 500 million sömlik pul mukofoti taqdim etildi. Şuningdek, tanlovda «Eng yaxşi soğliqni saqlaş bölimi rahbari» nominatsiyasi ğolibi Humoyun Hamrayevga hamda «Eng yaxşi şifokor» nominatsiyasi böyiça ğolib Uluğbek Mardonovga 30 million sömlik vauçerlar taqdim etildi.

Albatta, bu e’tirof va e’tibor soha xodimlarini yanada mas’uliyat bilan işlaşga undaşi şubhasiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan