Sevara Mamatovadan Oltin medal

Kattaqo‘rg‘onlik sportchi qiz Osiyo chempionatida zafar quchdi Jakartada boks bo‘yicha o‘tkazilgan U-19 va U-20 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Kattaqo‘rg‘on shahar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sevara Mamatova final bahsida hindistonlik Chahatga qarshi ringga ko‘tarildi.

Murabbiylari e’tirofi bilan «Temir qiz» deya ta’riflanadigan hamyurtimiz butun jang davomida texnik va taktik jihatdan yaqqol ustunlik namoyish etib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan