Shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi

Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etishdi. Sessiya kun tartibida 5 ta masala muhokama qilindi.

Sessiyada dastlab, shahar prokurori S.Kabilovning jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi samaradorligi yuzasidan axboroti eshitildi. Shuningdek, IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Do‘sanov jamoat xavfsizligi va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha hisobot berdi. Shundan so‘ng Samarqand suv taʼminoti MCHJ Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiyevning ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash borasidagi hisoboti ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, sessiya yakunida shahar saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish masalalari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan