Uch avlod uchrashuvi

Kattaqo’rg’on shahar Madaniyat saroyida Favqulodda vaziyatlar vazirligining ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Tadbirda tizim faxriylari, faol xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar va xodimlar hamda
yosh avlod vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan faxriylarning hayotiy tajribasi, kasbiy faoliyati va boy hayot maktabi haqida fikr almashildi. So‘zga chiqqanlar tomonidan vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat, kasbga sadoqat, xizmat intizomi hamda yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Faxriylar yoshlar bilan o‘z tajribalari va hayotiy saboqlarini o‘rtoqlashib, ularga ezgu tilak va tavsiyalarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va
kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oya asosida madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan konsert dasturi tashkil etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan