QAROR IJROSI NAZORATDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahridagi 17-sonli umumtaʼlim maktabi hamda Kattaqo‘rg‘on shahar Majburiy ijro byurosi maʼmuriy binosida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur obyektlarda olib borilayotgan qurilish ishlarining sifati, belgilangan loyiha talablariga muvofiqligi, qurilish materiallaridan maqsadli foydalanilishi hamda ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishini taʼminlash masalalari yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar prokurori S. Qobilov tomonidan masʼul tashkilotlar rahbarlari, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi atroflicha tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, qurilish sifatini yana-da oshirish, mehnat xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.









