Ayollar murojaatlari e’tibor markazida
Kattaqo’rg’on shahar Madaniyat saroyida 7-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda shahar hokimi G.Alimova, hokim o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova, shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Tilavov, shahar IIB JXX xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor leytenant N.Radjapova ishtirok etib, xotin-qizlarning huquqiy sohadagi murojaat va takliflarini tingladilar.
Muloqot davomida 50 nafarga yaqin xotin-qizning ijtimoiy, huquqiy va maishiy muammolari atroflicha o‘rganildi. Ishtirokchilarga huquqiy tushuntirishlar berilib, ularni qiynayotgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bunday ochiq muloqotlar aholining, ayniqsa xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.









