AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

“Miyonqol” mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimovaning sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda shahar IIB boshlig’i v.v.b. S.Botirov, tegishli mas’ul rahbarlar hamda mahalla fuqarolari o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar bilan ishtirok etdilar.

Jumladan, qabul jarayonida ichki yo‘llarni ta’mirlash, farzandini maktabga joylashtirish, aliment undirish, tungi yoritgichlar o‘rnatish va boshqa masalalar yuzasidan 10 ga yaqin murojaatlar o‘rganildi.

Qabul davomida bir nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi va qolgan murojaatlarni yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan