Seminar

Bugun shahar hokimligida Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlar instituti vakillari tomonidan hokimlik xodimlari va mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida Davlatimiz Rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalar, amalga oshirish mexanizmlari hamda hududlarda barqaror iqtisodiy o‘sish, aholi farovonligi va yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha tegishli ma’lumotlar berildi. Faoliyati davrida davlat xizmatchilarining duch keladigan turli muammo va vaziyatlar bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi.

Shuningdek, hokim yordamchilari bilan mahallalarda drayver loyihalarni o‘sish nuqtasini topish va ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha ma’lumot almashildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan