“Turon” jamoasi Respublika bosqichida g‘olib!

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar 14-maktabning “Jasorat” sinfi o‘quvchilaridan iborat “Turon” jamoasi katta muvaffaqiyatga erishdi!
​

“Jasorat uchqunlari” tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilar Respublika bosqichida ham munosib ishtirok etib, “Eng ahil jamoa” nominatsiyasiga loyiq topildilar.

​ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 8 nafar o‘quvchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, jamoa rahbari – CHQTB rahbari Shahzod Jo‘rayev planshet bilan mukofotlandi.

​🇺🇿Yoshlarning ushbu yutuqlari shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan alohida eʼtirof etilib, jamoa munosib taqdirlandi.

​O‘quvchilarni va maktab jamoasini  ushbu yutuq bilan tabriklaymiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan