KATTAQO’RG’ON SHAHARDA “DXX KUBOGI” G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI
Musobaqalar davomida jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechib, ishtirokchilar yuqori sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
🏆 Futbol musobaqasi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin — Amir Temur nomli mahalla jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Nurobod” mahalla jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Yakkabog’” mahalla jamoasi
🏆 Mini-futbol musobaqasi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin — “Yakkabog” mahalla jamoasi
🥈 2-o‘rin — “O’rikzor” mahalla jamoasi
🥉 3-o‘rin — Noqisnomli mahalla jamoasi
🏆 Mini-futbol (qizlar) musobaqasi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin — 3-sektor jamoasi
🥈 2-o‘rin — 2-sektor jamoasi
🥉 3-o‘rin — 1-sektor jamoasi
G‘olib va sovrindor jamoalar diplom, medal, kubok hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Mazkur musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.










