Mahalla yettiligi”ning imlo savodxonligi sinovdan o‘tkazildi
Bugun, 18-aprel kuni Kattaqo’rg’on shahrida “Umummilliy diktant” loyihasi doirasida mahalla raislari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari hamda ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlaridan “Ona tiliga hurmat-millatga hurmat” mavzusida diktant olindi.
🇺🇿Kattaqo’rg’on davlat Pedagogika institutida o’tkazilgan mazkur tadbirda shahar hokimining o’rinbosari J.G’aniyev ishtirok etdi.
Yuqori natijalarga erishgan xodimlar hokimlik tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.










