Mahorat darsi va ijodiy uchrashuv

Kattaqo‘rg‘on shahar 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabiga Samarqand ixtisoslashgan san’at maktabining an’anaviy sozandalik bo‘limi o‘qituvchilari tomonidan PQ-4038 hamda PQ-391 sonli qarorlar ijrosi doirasida tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida maktabda tahsil olayotgan an’anaviy sozandalik bo‘limi o‘quvchilari hamda umumta’lim maktablarida tashkil etilgan “Iqtidor” milliy cholg‘ular ansambllari ijrolari tinglandi.
Mutaxassis o‘qituvchilar tomonidan har bir chiqish yuzasidan atroflicha tahlil qilinib, amaliy tavsiyalar va qimmatli fikr-mulohazalar bildirildi.

Mahorat darsi yakunida ixtisoslashgan san’at maktabi o‘quvchilarining yuqori darajadagi ijrolari namoyish etildi.

Bunday ijodiy uchrashuvlar yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy musiqa san’atini rivojlantirish va tajriba almashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan