Maktablarda o’quv yili tugab yakuniy davlat atestatsiyasini topshirgach o‘quvchilar va ularning ota-onalari farzandlarini oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun qiziqtirgan savollar bilan turli o‘quv yurtlariga murojat qilishada.
🔹Bugungi kunda qabul jarayonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-sonli qaroriga asosan amalga oshirilib, yoshlarimiz har yili 5-iyundan 25-iyungacha bo‘lgan muddatda oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etish maqsadida onlayn tarzda ariza bilan murojaat etishadi.
Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi ma’muriyati tibbiyot kasbini egallash istagida bo‘lgan abituriyentlardan mazkur tartib to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari, aholi orasida «o‘qishga kiritib qo‘yish» va buning evaziga mablag‘ talab etadigan firibgarlarning va’dalariga ishonmasliklarini so‘raydi.
More Stories
“Dolzab 30 kun oyligi hamda Chorshanba yong‘inlar profilaktikasi kuni”
Kattaqo’rg’on shaharda «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqasining 2-mintaqa bosqichi bo’lib o’tdi
Kattaqo’rg’on shaharda «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqasining 2-mintaqa bosqichi bo’lib o’tdi