KATTAQÖRĞONDA «XAVFSIZ VA SOĞLOM YURT» TEZKOR-PROFILAKTIK TADBIRI ÖTKAZILMOQDA

Kattaqörğon şahrida Özbekiston Respublikasi İçki işlar vazirligi hamda Samarqand viloyati İçki işlar boşqarmasining tegişli farmoyişlari ijrosini ta’minlaş maqsadida keng qamrovli «Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbiri amalga oşirilmoqda.

Tadbir doirasida şaharning «Qöşhovuz» mahallasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş, jamoat xavfsizligini ta’minlaş hamda fuqarolar örtasida huquqiy targ‘ibot işlarini kuçaytirişga qaratilgan qator çora-tadbirlar taşkil etildi.

Xususan, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş, şuningdek, fuqarolarni kiberjinoyatlardan himoya qiliş maqsadida ularni «APK qöriqçi» ilovasiga ulaş işlari olib borilmoqda.

Şu bilan birga, mahallada tezkor-profilaktik tadbirlar kuçaytirilib, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatuvçi omillarni bartaraf etiş, huquqbuzarlikka moyil şaxslarni aniqlaş hamda ularning noqonuniy faoliyatiga çek qöyişga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbirlar davomida aniqlangan har bir huquqbuzarlik holati yuzasidan qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli çoralar körilmoqda.

Asosiy maqsad — mahallalarda tinçlik va osoyiştalikni mustahkamlaş, jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş hamda fuqarolar uçun xavfsiz muhit yaratişdir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan