Iyun 13, 2025

KATTAQO'RG'ON TONGI

M: Kattaqo’rg’on shahri, Amir Temur ko‘chasi, 4-uy. Tel: 66 455-24-95

Qaror_ijrosi_amalda

Prezidentimizning «2025-yil Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ 1-sonli qarorning ijrosi yuzasidan shahrimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🎭Shahar Drama teatrida namoyish etilgan spektakl ushbu qaror ijrosiga bag‘ishlandi. Spektakldagi jarayonlar hayotimizda uchraydigan voqealar asosida sahnalashtirilgan bo‘lib, undagi rollarni mahallalar xotin-qizlar faollari mahorat bilan ijro etdilar.

⚡️Spektakl davomida mahalla xotin-qizlar faollarining vazifalaridan kelib chiqib, oilalardagi farzand tarbiyasi, nizolarni oldini olish, sog‘lom-ma’naviy muhitni yaratish, huquqbuzarlikni kelib chiqish sabablarini aniqlash va oldini olish borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar to‘laqonli yoritib berildi.

Shahar hokimi Gavhar Alimova hamda jamoatchilik vakillari spektakl haqida uning ahamiyati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.