KATTAQÖRĞONDA SAYYOR SUD MAJLISI VA HUQUQIY TARĞIBOT TADBIRI ÖTKAZILDI
«Xavfsiz va soğlom yurt» profilaktik tadbiri doirasida Kattaqörğon şahar «Qöşhovuz» mahallasi binosida jinoyat işlari böyiça şahar sudining sayyor majlisi bölib ötdi.
Sudda şahar IIB Probatsiya guruhi nazoratidagi şaxslarning xulq-atvori va jazo ötaş tartibiga rioya qilişi tahlil etildi:
- 15 nafar şaxs ijobiy tavsifi tufayli Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi.
- 3 nafar şaxs ozodlikni çeklaş jazosi talablarini buzgani sababli jazosi ozodlikdan mahrum qilişga almaştirildi.
Tadbir davomida aholi va yoşlarga mamlakatimizdagi sud-huquq islohotlari hamda qonunçilikdagi sönggi özgarişlar tuşuntirildi. Jumladan, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarşi jazo çoralarini kuçaytiruvçi ÖRQ–1151-sonli Qonun, korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga qaratilgan ÖRQ–1155-sonli Qonun hamda «Özbekiston–2030» strategiyasining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati iştirokçilarga atroflicha yetkazildi.









