Iyun 13, 2025

KATTAQO'RG'ON TONGI

M: Kattaqo’rg’on shahri, Amir Temur ko‘chasi, 4-uy. Tel: 66 455-24-95

XOTIN-QIZ FAOLI MAHALLA RAISI BOʻLDI

Shu kunlarda shahrimizda ham mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari saylovlari uyushqoqlik bilan boʻlib oʻtmoqda.

“Damariq” mahallasi fuqarolar yigʻini raisi saylovi ham koʻtarinki tarzda oʻtkazildi. Dastlab, nomzodlar oʻzlarining 5 yillik dasturi, rejalari, maqsad va vazifalari bilan tanishtirdilar.

Saylov yakuni natijalariga koʻra, mahallada xotin-qiz faoli sifatida faoliyat yuritgan Marxabo Sidiqova mahalla vakillarining eng koʻp ovozini oldi va mahalla raisligiga saylandi.

M.Sidiqova mahalladoshlarining bu ishonchini keyingi 5 yil ichida mahalladagi bunyodkorlik ishlarini yanada taraqqiy ettirishi, aholi farovonligini yaxshilashga munosib hissa qoʻshishi bilan oqlashini bildirdi.