Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi 10 sessiyasi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.


Dastlab, kun tartibidagi 1-masala yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari J.G‘aniyevning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 33.1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida shaharda yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti eshitildi.


Shundan so‘ng shahar hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i J.Xaitov “Kattaqo‘rg‘on shahriga investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida olib borilgan ishlar hamda 2025-yilda amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida” hisobot berdi.


Kattaqo‘rg‘on shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi S.Islamovning “Shaharda chorva mollari va veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya xizmatlari sifatini oshirish, hayvonlarning sog‘lig‘ini himoya qilishni samarali tashkil etish, epizootik osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hamda 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni ijrosi yuzasidan hududda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirib kelinayotgan ishlar to‘g‘risida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri A. Daminovning hisobotlari deputatlar e’tiboriga havola etildi.


Sessiya kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholining jismoniy faolligini oshirishga bag‘ishlangan videoselektor tarzida o‘tkazilgan 8-son yig‘ilishning 17-bandi ijrosi yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar sport maktabining Kattaqo‘rg‘on shahrida Olimpiya va Paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha 2025-2027 yillarda amalga oshiriladigan ishlar “YO‘L XARITASI”ni tasdiqlash haqidagi masla ko‘rib chiqildi.


Shuningdek, sessiyada Kattaqo‘rg‘on shahar mahalliy budjet daromadining 2025-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilgan qismi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi hamda 2025-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risidagi qarorlar tasdiqlandi.
Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan