Shuni aloxida aytish joizki, jamiyat taraqqiyoti va insonlarning dunyoqarashini shakllanishida ommaviy axborot vositalari, xususan, matbuotning o‘rni beqiyosdir. Zero, biz jamiyat hayotini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilish qiyin.
Bugun “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasi va SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali hamkorligida 3 may -Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda bu borada so‘z yuritildi.
Tadbirni ochib bergan shahar hokimi Gavhar Alimova mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari, matbuotning jamiyatdagi o‘rnini oshirish, jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ishlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on matbuotini rivojlantirishda munosib hissa qo‘shib kelayotgan ijodkorlar, jurnalistlarning mehnatlarini e’tirof etdi.
Shundan so‘ng “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasi bosh muharriri J.Nosirovning o‘zbek jurnalistikasida so‘z erkinligi masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzasi eshitildi.


Namoyish etilgan videorolik orqali tadbir ishtirokchilari shahar matbuoti tarixi, bugungi kunda axborot va ma’lumotlarni aholiga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, tadbirda so‘z olgan viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi vakillari, jurnalistlar bugun yurtimizda OAVga berilayotgan e’tibor, soha xodimlariga berilayotgan e’tibor jurnalistlarni yanada mas’uliyat bilan o‘z ishiga yondashishga undayotgani, aholiga xolis va haqqoniy ma’lumotlarni yetkazishda jonbozlik ko‘rsatayotganliklarini ta’kidladilar.


Samarqand davlat Universiteti Kattaqo‘rg‘on filialidagi jurnalistika to‘garaklarining faoliyati, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida filial matbuot kotibi A.Ziyatov tanishtirib o‘tdi.
Shundan so‘ng gazeta faoliyatini qo‘llab-quvvatlayotgan, faol hamkorlikda ish olib borayotgan tashkilotlar rahbarlariga, jurnalistlarga tahririyatning tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.


Tadbir davomida gazetaning mas’ul kotibi Hamidullo Xushvaqovning 70 yilligi munosabati bilan uning hayoti va pedagogika, jurnalistika sohasidagi ish faoliyati haqida so‘z yuritilib, xizmatlari e’tirof etildi. Tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.


KATTAQO‘RG‘ON TONGI.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan