“Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasi va SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali hamkorligida tashkil qilingan konferensiya shunday nomlandi. Konferensiyani gazeta muharriri Jamshid Nosirov ochib berdi. Unda viloyat axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi boshlig‘i.M.Ibodullaev, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi A.Haydarov, SamDU o‘qituvchilari hamda kattaqo‘rg‘onlik ijodkorlar, matbuot kotiblari ishtirok etdi.

Konferensiya doirasida J.Nosirov, M.Ibodullaev, A.Haydarov, A.Sobirov va boshqalarning shahar matbuoti, Ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi rolini oshirish, Axborot xizmatlarining Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi, bosma nashrlarni rivojlantirish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan ma’ruzalari tinglandi. Bu borada tavsiyalar berildi.

Shuningdek, konferensiya davomida yoshlar bosma nashrlarni rivojlantirish, mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligi, axborot olish va uni tarqatish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan