Iordaniya davlatining Amman shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida sportning boks turi bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
🥊Nufuzli musobaqaning qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan final bahslarida Samarqand viloyati sportchilarining 4 nafari oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo chempioni bo‘lishdi. Shuningdek, 1 ta kumush medali ham qo‘lga kiritildi. Osiyo chempioni bo‘lgan viloyatimiz sportchilari:
🥇Parvina Shakarova (-49 kg vazn toifasida)
🥇Madinabonu Xudoyorova (-55 kg vazn toifasida)
🥇Mavjuda Abdusaidova (-80 kg vazn toifasida)
🥇Farzuna Ro‘ziyeva (-57 kg vazn toifasida)
🥈 Sabrina Chakomanova (-54 kg vazn toifasida) musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Ushbu qit’a birinchiligida mamlakatimiz bokschilari 15 ta oltin, 15 kumush va 12 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.
Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi maslahatchisi Malik Babayev, federatsiyasimiz Xalkaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Shahboz Tavakkalov, sportchilarning ota-onalari va OAV vakillari kutib oldilar.