Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi Balandchordara mahallasida bo‘ldi va mahalla faollari, nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda shahar hokimi shahrimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, aholi farovonligi yo’lida va fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar xususida to’xtaldi.
Uchrashuv davomida mahalla ahli va nuroniylarning hududda olib borilayotgan sa’y harakatlar bo’yicha fikrlari eshitilib, aholi, xususan yoshlar, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlarga ham e’tibor qaratildi va bu borada mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.
🔹Shuningdek, yig’ilishda aholi vakillari tomonidan bildirilgan masalalar nazoratga olinib, ijrosi bo’yicha mas’ullarga tegishli vazifalar berildi.