Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining Samarqand viloyati bosqichi oʻtkazildi.
Unda tuman (shahar)lardan gʻolib boʻlgan jamoalar ishtirok etib, 10 ta shart boʻyicha oʻz kuchlarini sinovdan oʻtkazishdi.
Tanlov natijalariga koʻra,
1-oʻrinni Kattaqoʻrgʻon shaharidagi 11-maktab jamoasi,
2-oʻrinni Toyloq tumanidagi 23-maktab jamoasi,
3-oʻrinni Samarqand shahar 48-maktab jamoasi egallashdi.
Gʻolib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.