Bugun Kattaqo‘rg‘on shahrida Hindistonning “Bengal biznes Kengashi” delegatsiyasi aʼzolari hamda kattaqoʻrgʻonlik tadbirkorlar ishtirokida biznes forum bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar hokumligi va Hindistonning Bengal biznes kengashi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Shundan so’ng, Kattaqo‘rg‘on shahrining investitsion jozibadorligini oshirish, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida tashkil qilingan forum doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha B2B hamda G2B muloqotlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan muloqotlar natijasida ta’lim, IT, sog‘liqni saqlash, kimyo sanoati va qurilish sohalarida 11 ta kelishuv memorandumlari imzolandi.

