Xotin-qizlarning har tomonlama sog‘lom bo‘lishlari jamiyatda sog‘lom farzandlarni dunyoga kelishiga zamin yaratadi. Bunda ularni sport bilan shug‘ullanishlarining ahamiyati katta.
⚡️Bugun shahar hokimligi tomonidan tashkil qilingan sport musobaqalari va o‘yinlarida kattaqo‘rg‘onlik turli sohalarda faoliyat yuritayotgan rahbar xotin-qizlar, tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar, xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.
Shahar hokimi Gavhar Alimova xotin-qizlarning sport bilan shug‘ullanishlari ularning salomatliklarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini, shu boisdan ham doimiy ravishda sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish maqsadga muvofiq ekanligii ta’kidladi.
⚡️Xotin-qizlar, turli sport mashqlarini bajardilar hamda voleybol, basketbol, yugurush, to‘p otish, arqon tortish va boshqa sport o‘yinlarida ishtirok edilar.
Bu kabi sport tadbirlari har hafta davomida o‘tkaziladi.
