Aholi, xususan yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada ko‘plab ish o‘rinlarining yaratilayotgani buning isbotidir.

🔹Bugun shahrimizdagi “Zarafshon” mahallasida ham yana bir tadbirkorlik majmuasining ochilish tadbiri o’tkazildi. Ushbu majmuada 20 nafarga yaqin xotin-qizlar faoliyat yuritadigan tikuv sexi hamda 2 nafar yoshlar band bo’lgan savdo shahobchasi ish boshladi.

🔹“Firdavs Miyonqol Servis” MChJ tomonidan tashkil qilingan mazkur binoning ochilish tadbirida shahar hokimi o‘rinbosarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok edilar. Tadbir ishtirokchilari oilaviy tadbirkorlik asosida tashkil qilingan korxonada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Korxona rahbari faoliyat boshlanishida bu yerda dastlab 20 nafar xotin-qizlar va yoshlarni bandligi ta’minlanganligi hamda kelgusida yana yangi ish o‘rinlari tashkil qilishini ta’kidladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan