Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 19.03.2025 yildagi «Umummilliy totuvlik va хorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-52-son Farmon va 19.03.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va хorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-115-son qaror imzolandi.
Prezident Qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va хorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom;
Mamlakatimizda umummilliy totuvlik va хorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash boʻyicha «yoʻl хarita»si.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni ta’minlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni ta’minlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari deb qayta nomlandi.
Har yili quyidagilar oʻtkaziladi:
mamlakatimizda turli millat va elat vakillarining tengligi, birligini, ularning Yangi Oʻzbekiston rivojiga qoʻshgan hissasini namoyish etuvchi «Oʻzbekiston – yagona Vatan!» shiori ostidagi forum;
хorijdagi vatandoshlarning «Uz Global Think» forumi o‘tkaziladi.
Жамшид НОСИРОВ
