Dunyoda turli bayramlar va qutlug‘ sanalar ko‘p. Lekin inson qadri va sha’nini ulug‘lashda Navro‘z ayyomining o‘rni alohida, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Navro‘zi olam bizni tabiat farzandi bo‘lib, Vatan tuprog‘ini, ona zamindagi har bir giyohni ko‘zimizga to‘tiyo qilib yashashga o‘rgatadi. U barchamizga insoniylik, mehr-oqibat va bag‘rikenglikdan saboq beradi.
Bugun shahar hokimligi tomonidan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil qilingan bayram tadbirida ham azaliy qadriyatlarimiz o‘zligini namoyon qildi.

Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova idora va tashkilotlar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalarni, o‘quvchi-yoshlarning musiqiy chiqishlarini, milliy o‘yinlarni tomosha qildilar.

Albatta, bog‘ uzra taralayotgan bayram taronalari, bolajonlarning shux kulgulari Navro‘z shukuhini yanda yuksaltirgan.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.