«Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!» shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi.

Do’stlik, qardoshlik, hamjihatlik kabi azaliy qadriyatlarimiz ramzi, o’zligimiz ifodachisi bo’lgan bu ulug’ bayram universitet filialida shod-u xurramlikda, unutilmas taassurotlarga boy tarzda o’tdi.

Tadbirda Kattaqo’rg’on shahar hokimi Gavhar Alimova so’zga chiqib, bu qutlug’ ayyom bilan barcha professor-o’qituvchilar hamda talabalarni muborakbod etdi. Kattaqo’rg’on shahrida, jumladan, filialda erishilayotgan yutuqlarni e’tirof etib, ezgu tilaklarini bildirdi.

Filial direktori Sherzod Urakov ayni paytga qadar o’qish va intilishida muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan talabalar bilimini e’tirof etib, tashakkurnomalar topshirildi

Milliy taomlar ko’rgazmasi, kurash, arqon tortish, tosh ko’tarish musobaqalari tadbir shukuhini yanada oshirdi. Milliy ashula va raqslarimiz, laparlar, bahorni, Navro’zni madh etuvchi taronalar dillarni xushnud etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan