“O‘rikzor” mahallasida aholi murojaatlari o’rganildi

Kattaqo‘rg‘on shahrining “O‘rikzor” mahallasida shahar hokimi, 1-sektor rahbari Gavhar Alimovaning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.
Sayyor qabulning asosiy maqsadi — fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni bevosita mahallaning o‘zida o‘rganish, ularning qonuniy yechimini topish hamda murojaatlarning ijrosini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
Qabul davomida 10 dan ortiq fuqaro o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qildi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, aliment undirish, ish bilan ta’minlash, kredit olish va boshqa ijtimoiy-maishiy masalalar bo‘yicha murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, 2 ta murojaat yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va amaliy choralar ko‘rishni talab etadigan murojaatlar esa tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Shahar hokimi tomonidan mas’ullarga fuqarolar murojaatlarini shunchaki ko‘rib chiqish bilan cheklanib qolmasdan, har bir masalaning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash, ijro muddatlariga qat’iy rioya etish hamda natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabul yakunida mahalla faollari va nuroniylar yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va farovonligini tilab, duoga qo‘l ochdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan